Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" bahsida "temiryo‘lchilar" etakchisi va sardori Anzur Ismoilov jarohat olib 14-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Natijada uning o‘rniga Shuhrat Muhammadiyev o‘yinni davom ettirdi.
Anzur Ismoilovning hozir holati qanday? U keyingi bahsda maydonga tushadimi? "Lokomotiv" tibbiy shtabi futbolchining holati bo‘yicha ma’lumot berdi:
— Anzurda o‘yin payti son orqa mushagining jarohatlanishi kuzatildi. Futbolchimiz bugun chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Shundan so‘ng aniq tashxis, davo rejasi va safga qaytish muddatlari belgilab olinadi.













