Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rosenyor "Chelsi" darvozabonlari va Yorgensenning xatosi haqida gapirdi

Rosenyor "Chelsi" darvozabonlari va Yorgensenning xatosi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor jamoa darvozabonlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Men "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda Yorgensenni tushirishga qaror qilgandim va u ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Menimcha, "PSJ"ga qarshi bahsning 75 daqiqasini ham u yuqori darajada o‘tkazdi. U xatoga yo‘l qo‘ydi va biz buning uchun jazolandik. Biz yutqazmasligimiz kerak bo‘lgan o‘yinda mag‘lub bo‘ldik.

Sanches — APLning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Darvozabonlarimizning mahoratiga shubham yo‘q. Hamma narsa mening har bir o‘yin oldidan qabul qiladigan qarorimga bog‘liq. Yorgensen xatodan keyin "Nyukasl"ga qarshi o‘ynashga tayyormi? Albatta. Hamma xato qiladi. Muhimi — muvaffaqiyatsizlikka qanday munosabat bildirishingiz. Men har bir futbolchiga ishonaman", — dedi Rosenyor matbuot anjumanida.

Shanba kuni, 14 mart kuni "Chelsi" o‘z maydonida "Nyukasl"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 21:40, 13.03.2026.
O'qildi: 907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик