Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta: "APLda hatto "Barselona" ham boshqacha o‘yin ko‘rsatishga majbur bo‘lardi"

Arteta: "APLda hatto "Barselona" ham boshqacha o‘yin ko‘rsatishga majbur bo‘lardi"

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda "Arsenal" faqat natijaga yo‘naltirilgan o‘yin uslubi uchun tanqid qilinmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bu mavzuda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Gap g‘alaba qozonish imkoniyatini oshiradigan tarzda o‘ynash haqida ketmoqda. Bor gap shu. Yaqinda "Nyukasl" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qildim. "Barselona" — Yevropadagi eng jozibador o‘yin ko‘rsatadigan jamoalardan biri. Biroq ular shiddati yuqori va o‘tish fazalarida juda kuchli bo‘lgan APL jamoasiga duch kelishdi. Natijada biz butunlay boshqacha o‘yin ko‘rdik. Men "Barselona"ni ilgari bunday holatda ko‘rmagandim. Bu — "Nyukasl"ning ulkan yutug‘i. Biz mana shunday ligada o‘ynayapmiz. Ispaniyada "Barselona"ning bunday o‘ynashini ko‘rmaysiz", — dedi Arteta jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" shanba kuni, 14 mart sanasida APL doirasida "Everton"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 22:36, 13.03.2026.
O'qildi: 1940 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик