Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nyukasl» futbolchisi «Barselona»ni qanday to‘xtatish yo‘lini aytdi

«Nyukasl» futbolchisi «Barselona»ni qanday to‘xtatish yo‘lini aytdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl Yunayted» hujumchisi Xarvi Barns «qarg‘alar» «Barselona»ga qarshi qanday o‘yin namoyish etishi kerakligi borasida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashgan edi. Javob o‘yini 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

«Ularga haddan tashqari katta ehtirom ko‘rsatish yaramaydi. Agar shunday qilsangiz, ular sizni jazolashadi va ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratishadi. O‘sha oqshom jamoamiz birinchi daqiqadanoq ularga pressing uyushtirdi va butun o‘yin davomida shunday qilishga harakat qildi. «Barselona»ning bu yerga kelib, o‘z o‘yinini o‘tkazishiga va mahoratini namoyish etishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ularning hayotini chidab bo‘lmas darajaga keltirish kerak», — deya Barnsning so‘zlarini Mundo Deportivo nashri Newcastle Chroniclega tayanib keltirmoqda.

Kiritildi: 22:37, 14.03.2026.
O'qildi: 4243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик