Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maks Douman APL tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi

Maks Douman APL tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi 16 yoshli futbolchisi Maks Douman «Everton»ga qarshi o‘yinda gol urib, rekordni yangiladi. Vinger Premyer-liga butun tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi — u 16 yoshu 73 kunligida raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. «Kanonirlar» vunderkindi kattalar futbolidagi debyut golini shanba kuni APLning 30-turi doirasida kechgan bahsning 97-daqiqasida kiritib, o‘yinning yakuniy natijasini (2:0) belgilab berdi.

Ushbu bahs Maks Douman uchun «Arsenal» asosiy jamoasi safida barcha turnirlar doirasidagi yettinchi o‘yin bo‘ldi. Bungacha futbolchi bitta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurgan edi.

Mikel Arteta jamoasi 70 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 12:29, 15.03.2026.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик