Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kostakurta: «Milan» «Inter» haqida emas, orqada kelayotgan ta’qibchilar haqida o‘ylashi kerak»

Kostakurta: «Milan» «Inter» haqida emas, orqada kelayotgan ta’qibchilar haqida o‘ylashi kerak»

Baho:
+ | -

«Milan»ning sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta «Lasio»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoaning chempionatdagi holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Massimiliano Allegri jamoasi yakshanba kuni A Seriyaning 29-turi doirasida Rimda bo‘lib o‘tgan bahsda kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. «Rossonerilar» 60 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Yuqoriroqda «Inter» (68), pastroqda esa «Napoli» (59) joylashgan.

«Skudetto? «Inter»dan sakkiz ochkoga ortda qolish — bu juda ko‘p. «Milan»ning o‘rnida bo‘lganimda, «Inter» haqida emas, balki ortda kelayotgan jamoalar haqida o‘ylagan bo‘lardim», — dedi Kostakurta.

Kelgusi shanba kuni, 21 martda, «Milan» o‘z maydonida «Torino»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 12:18, 16.03.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик