Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Messi faoliyatidagi 900-golini urdi (+Video)

Messi faoliyatidagi 900-golini urdi (+Video)

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Neshvill»ga qarshi javob uchrashuvida gol urdi. U bahsning 7-daqiqasidayoq hisobni ochdi.

38 yoshli argentinalik uchun ushbu gol professional faoliyatidagi 900-si bo‘ldi: klub miqyosida 785 ta va terma jamoa miqyosida 115 ta gol. Ushbu natijaga erishish uchun unga 1142 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

U Amerika klubi safida 93 ta o‘yinda 81 ta gol urgan bo‘lsa, «PSJ»da — 75 ta o‘yinda 32 ta, «Barselona»da esa — 778 ta o‘yinda 672 ta gol kiritgan. Argentina terma jamoasi safida esa 196 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Messi MLS klubiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Oktyabr oyida u «Inter Mayami» bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi.

Kiritildi: 05:11, 19.03.2026.
O'qildi: 2417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик