Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Igor Tudor sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng otasining o‘limi haqida xabar oldi

Igor Tudor sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng otasining o‘limi haqida xabar oldi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» Premyer-liga doirasidagi «Nottingem Forest»ga qarshi o‘z maydonida kechgan bahsda sharmandali 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan so‘ng «shporlar» ustozi Igor Tudor oilaviy sharoiti tufayli matbuot anjumaniga chiqmadi.

Muxlislar Tudor qayd etilgan natijadan qochib, jurnalistlar oldiga chiqmadi deb gumon qilishgan edi, biroq unday emas. Xorvatiyalik mutaxassisning oilasida og‘ir judolik yuz berdi — o‘yindan so‘ng «Tottenxem» murabbiyi otasi vafot etganidan xabar topdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

«Tottenxem» navbatdagi o‘yinini 12 aprel kuni «Sanderlend»ga qarshi o‘tkazadi. Bunday uzoq tanaffusning sababi shundaki, xalqaro o‘yinlardan so‘ng Angliyada mamlakat Kubogining 1/4 final bahslari bo‘lib o‘tadi. «Shporlar» esa ushbu turnirni allaqachon tark etishgan.

Kiritildi: 18:42, 23.03.2026.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик