Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Neymar 24 soat poker o‘ynadi

Neymar 24 soat poker o‘ynadi

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar dam olish kunlarini onlayn-poker o‘ynash bilan o‘tkazdi.

22 mart kuni «Santos» «Kruzeyro»ga qarshi maydonga tushdi (0:0). Neymar ushbu o‘yinni o‘tkazib yubordi — rasmiy sabab sifatida «jismoniy yuklamalarni taqsimlash» ko‘rsatilgan.

Portal Leo Dias nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi butun dam olish kunlari davomida onlayn-poker o‘ynagan. Juma kuni u oilasi bilan, shanba kuni onlayn-turnirda 7 yarim soat, yakshanba kuni esa 9 soat davomida o‘yin bilan band bo‘lgan. Umumiy hisobda Neymar ushbu davr ichida onlayn-pokerda 24 soatga yaqin vaqt o‘tkazgan bo‘lib, shundan 16 soatdan ko‘prog‘i bevosita turnir bahslariga to‘g‘ri kelgan. E’tiborli jihati shundaki, yakshanba kuni Neymar aynan «Santos»ning o‘yini bo‘layotgan vaqtda poker o‘ynagan.

Qayd etilishicha, Neymar turnirda qatnashish uchun dastlabki badal sifatida 5 ming dollardan ko‘proq pul to‘lagan, keyinchalik esa «re-entri» (o‘yindan chiqib ketgach, turnirga qayta qo‘shilish imkoniyati) uchun 20 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu braziliyalik yulduzning kamida to‘rt marta turnirdan chiqib ketganini anglatadi.

Dushanba kuni Neymar onlayn-turnirda ishtirok etganini tasdiqladi.

«Ha, men onlayn o‘ynadim. O‘z ishtirokimdan juda mamnunman, hammasi joyida. Afsuski, yuklamalarni taqsimlash sababli o‘sha kunlari maydonga tushmaganim uchun, futboldan tashqari eng yoqtirgan mashg‘ulotim — poker bilan shug‘ullanishga vaqtim bo‘ldi. Men kunduzi o‘ynadim», — dedi Neymar o‘z ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirgan videosida.

Kiritildi: 13:32, 24.03.2026.
O'qildi: 2533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик