26-mart kuni Toshkentdagi JAR stadionida noodatiy formatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu yerda yangi TECNO CAMON 50 smartfonlar seriyasining taqdimoti futbol uchrashuvi bilan birlashtirildi.
Tadbir rasmiy taqdimot bilan boshlandi. Unda kompaniya vakillari yangi seriyaning asosiy ustunliklari haqida so‘zlab berdi. Ta’kidlanganidek, CAMON 50 liniyasi sun’iy intellekt asosidagi mobil fotosuratlarga urg‘u beradi. Smartfonlar Sony 50 MP kamera, ilg‘or AI algoritmlar, shuningdek, harakatdagi kadrlarni aniq olishga mo‘ljallangan FlashSnap rejimi bilan ajralib turadi. Shuningdek, AI AutoZoom, AI Art Gallery va AI LightMaster 2.0 kabi funksiyalar yordamida foydalanuvchilar oddiy suratlarni ham yuqori darajadagi kontentga aylantira oladi.
Taqdimotda qurilmaning texnik jihatlari ham alohida e’tirof etildi: 144 Hz AMOLED displey, 6500 mAh batareya, 45W tezkor zaryadlash hamda IP68/IP69/IP69K himoya darajasi smartfonni har qanday sharoitda foydalanish uchun qulay qiladi.

Shundan so‘ng tadbir futbol ruhida davom etdi. Maydonda blogerlar va jurnalistlardan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuv jonli tempda, ko‘plab xavfli vaziyatlar va chiroyli harakatlar bilan o‘tdi. Yakunda esa jurnalistlar jamoasi ustun kelib, bosh sovrin — TECNO Cup 2026ni qo‘lga kiritdi.
O‘yindan so‘ng barcha ishtirokchilarga medallar topshirildi. Marosimni taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov olib bordi. U nafaqat uchrashuvni professional tarzda sharhlab berdi, balki yakunda futbolchilarga medallarni ham topshirdi.
Tadbirda 25 dan ortiq bloger va OAV vakillari, shuningdek 60 dan ziyod mehmonlar ishtirok etdi. Tomoshabinlar futbol bahsidan zavq olish bilan birga, yangi smartfonlarni amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

E’tibor markazida esa, albatta, TECNO CAMON 50 seriyasi bo‘ldi. Futbol uchrashuvi aynan smartfonning imkoniyatlarini jonli sharoitda ko‘rsatib berdi. Masalan, tezkor epizodlarda FlashSnap rejimi harakatdagi vaziyatlarni aniq kadrga aylantirib, o‘yinning eng muhim lahzalarini “ushlab qolish” imkonini berdi.
Smartfondagi Sony 50 MP kamera yuqori aniqlikdagi tasvirlarni taqdim etib, hatto murakkab yorug‘lik sharoitida ham sifatni saqlab qoldi. Bundan tashqari, AI AutoZoom funksiyasi o‘yindagi asosiy epizodlarni aniqlab, ularni avtomatik ravishda yaqinlashtiradi.

Smartfonning IP68/IP69/IP69K himoyasi esa uni chang, suv va namlikdan himoya qiladi, bu esa ochiq maydondagi sport tadbirlari uchun ayniqsa muhim. Shuningdek, 6500 mAh batareya va 45W tezkor quvvatlash uzoq davom etadigan uchrashuvlar davomida ham smartfondan uzluksiz foydalanish imkonini beradi.
JAR stadionidagi ushbu uchrashuv nafaqat futbol bahsi, balki texnologiya imkoniyatlarining jonli namoyishiga aylandi. TECNO esa yana bir bor innovasion mahsulotlarni auditoriyaga yaqin va qiziqarli formatda taqdim eta olishini isbotladi.















