Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bellingem "Malyorka" va "Bavariya"ga qarshi o‘yinlarni zaxiradan boshlashi kutilmoqda

Bellingem "Malyorka" va "Bavariya"ga qarshi o‘yinlarni zaxiradan boshlashi kutilmoqda

Baho:
+ | -

«Real» yulduzi Jud Bellingem La Liga va Chempionlar Ligasining eng muhim pallasida asosiy tarkibdan chetda qoladigan bo‘ldi.

Diario AS nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bellingem nafaqat ichki chempionat doirasidagi «Malyorka»ga qarshi bahsda, balki YECHL chorak finalidan o‘rin olgan «Bavariya» bilan dastlabki o‘yinda ham asosiy tarkibda ko‘rinish bermaydi.

22 yoshli yarim himoyachi yaqindagina sonidagi jarohatidan so‘ng «Atletiko»ga qarshi bahsda maydonga qaytgan edi. Biroq tibbiy ko‘riklar shuni ko‘rsatdiki, Jud hali 100 foiz kuchga kirgani yo‘q.

Bosh murabbiy Alvaro Arbeloa futbolchining sog‘lig‘i borasida tavakkal qilishni istamayapti. U Bellingem to‘liq tiklanmaguncha uni asosiy tarkibga kiritmaslikka qaror qilgan. E’tiborlisi, Bellingem terma jamoa yig‘iniga borgan bo‘lsa-da, birorta o‘yinda ishtirok etmadi.

Myunxenliklar bilan kechadigan muhim bahsda «qaymoqranglilar»ning maydon markazi quyidagicha ko‘rinish olishi kutilmoqda:

  • Federiko Valverde

  • Orelyen Tchuameni

  • Tyago Pitarch

  • Arda Gyuler

Kiritildi: 17:31, 02.04.2026.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик