Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» asosiy himoyachisidan ayrildi

«Inter» asosiy himoyachisidan ayrildi

Baho:
+ | -

«Inter» markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissekk yaqin oradagi o‘yinlarda Milan jamoasiga yordam bera olmaydi. «Neradzurrilar» muxlislari uchun ushbu noxush xabarni Sky Italia nashri tarqatdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik futbolchining o‘ng son sohasidagi mushaklari yengil cho‘zilgani tashxis qilingan. Ushbu jarohat sababli Bissekk A Seriyaning 31-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, himoyachi 32-turdagi «Komo» bilan o‘yinda ham ishtirok etmaslik xavfi bor.

Bissekk 2023 yilning yozidan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Italiya jamoasi tarkibida u joriy mavsumda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:14, 02.04.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик