Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bundesliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Bundesliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi tanlandi — ushbu nomga «Shtutgart» markaziy hujumchisi Deniz Undav loyiq ko‘rildi. Tegishli ma’lumot Germaniya chempionatining rasmiy saytida e’lon qilindi.

29 yoshli forvard ovoz berish jarayonida besh nafar nomzodni ortda qoldirdi. Ular: Yan Diomande («RB Leypsig»), Paul Nebel («Mayns»), Xennes Berens («Xaydenxaym»), Igor Matanovich («Frayburg») va Konstantinos Kulyerakis («Volfsburg»).

O‘tgan oyda Deniz Undav Bundesliga doirasida to‘rtta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Germaniya chempionatining 27 turidan so‘ng «Shtutgart» 53 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 22:22, 02.04.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик