Kirish Ro'yxatdan o'tish

«MYU» yarim himoyachisi bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi

«MYU» yarim himoyachisi bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Manuel Ugarte kelayotgan yozda klubni tark etishi mumkin.

Avvalroq «qizil iblislar» urugvaylik futbolchini «Nyukasl» va «Aston Villa»ga ijaraga berishdan bosh tortgan edi, biroq so‘nggi vaqtlarda vaziyat o‘zgardi — endilikda klub xavbekni qo‘yib yuborishga tayyor. Bu haqda El Pais nashriga tayanib Transfer News Live xabar bermoqda. Mankunianliklar rahbariyati yaqinlashib kelayotgan mavsumlar oralig‘ida 24 yoshli futbolchi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manuel Ugarte joriy mavsumda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti — u barcha turnirlarda maydonda jami 900 daqiqadan sal ko‘proq vaqt o‘tkazdi. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:40, 04.04.2026.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик