Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Allegri: «ECHLga yo‘l olish uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak»

Allegri: «ECHLga yo‘l olish uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatining 31-turida «Napoli»ga qarshi kechgan bahsdagi (0:1) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu o‘yinda golli vaziyatlar kam bo‘ldi, shuning uchun birgina epizod hamma narsani o‘zgartirib yuborishi mumkinligini bilardik. «Napoli» o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi. Himoyamiz o‘z o‘rnida edi, ammo baribir gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda hujumlarni tezroq yakunlashimiz kerak edi, lekin biz sustkashlikka yo‘l qo‘ydik va ularga pressing qilish imkonini berdik.

Menimcha, Nkunku va Fyullkrug yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Nkunku jamoa uchun ishladi, unda bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi. Unga o‘xshagan futbolchilar hech bo‘lmaganda bitta vaziyatni golga aylantirishi lozim edi.

Raqib yarim maydonida uch yoki to‘rt marta to‘pni olib qo‘ydik, biroq aniq bo‘lmagan paslar berdik — bunday vaziyatlarda aniqlik juda muhim. O‘yinimizni albatta yaxshilashimiz zarur. Asosiy maqsadimiz bo‘lgan Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish uchun hali ancha mehnat qilishimiz kerak», — deya Allegrining so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng «Napoli» 31 turdan keyin 65 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Milan» esa 63 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 14:36, 07.04.2026.
O'qildi: 448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик