Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kompani: «Biz «Real»ning muammolarini hal qilishimiz shart emas»

Kompani: «Biz «Real»ning muammolarini hal qilishimiz shart emas»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o‘yini oldidan Madridning «Real» klubi hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior haqidagi savolga javob berdi.

— «Real» Mbappe va Vinisius bilan birga kuchliroq o‘ynaydimi yoki ularning faqat bittasi bilanmi?

— Bu umuman mening ustuvor vazifam emas. «Bavariya»ning o‘z muammolari yetarli, biz «Real»ning muammolarini hal qilishimiz shart emas. Faqat shuni aytishim mumkinki, ikkalasi ham — aql bovar qilmas darajadagi futbolchilar. Qolgani — «Real»ning ishi, — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda AS.

«Bavariya» va «Real» o‘rtasidagi chorak finalning dastlabki uchrashuvi bugun, 7 aprel kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00'da boshlanadi.

Kiritildi: 15:00, 07.04.2026.
O'qildi: 907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик