Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Anri: «Olise o‘yinni ko‘zlari bilan emas, miyasi bilan ko‘radi»

Anri: «Olise o‘yinni ko‘zlari bilan emas, miyasi bilan ko‘radi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri «Bavariya» vingeri Maykl Olisening o‘yiniga baho berdi.

«Maykl – boshqalarga o‘xshamaydigan futbolchi. Unga mikrofon berishganda uyatchan bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo unda o‘ziga xos fikrlash tarzi, hayotga nisbatan alohida qarash bor. Xuddi o‘yinga bo‘lgan qarashi kabi.

U to‘pni qabul qilganda, juda kam sonli insonlar ko‘ra oladigan narsani ko‘radi. U o‘yinni boshqacha ko‘radi. Ko‘pincha u o‘yinni miyasi bilan his qiladi. U o‘yinga ko‘zlari bilan qaramaydi. U to‘p darvozabondan chiqib ketganda nima sodir bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilishga harakat qiladi.

U dribling ishlata oladi, buni hammamiz bilamiz. Lekin uning o‘yinga va hayotga bo‘lgan qarashi o‘zgacha. Shu sababli maydondan tashqarida odamlar ba’zan uni tushunishmaydi. Ammo u yoqimli yigit, ajoyib inson. Maydondan tashqarida u ko‘p gapirmaydi, lekin to‘p uning ixtiyorida bo‘lganda, u o‘z o‘yini bilan juda yaxshi «gapiradi», – dedi Anri.

Kiritildi: 15:39, 08.04.2026.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик