Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Rasman. Ilgiz Tantashev va uning jamoasi Jahon chempionatida ishlaydi

Rasman. Ilgiz Tantashev va uning jamoasi Jahon chempionatida ishlaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada va Meksikada Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. FIFA terma jamoalar mundialida faoliyat olib boruvchi rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu musobaqada Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ham ishtirok etadi. Qanotlarda unga, Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi.

Mundialga 52 nafar referi, 88 nafar qanot hakamlari hamda 30 nafar VAR hakamlari musobaqaga tayinlov olgan. Ma’lumot uchun, Jahon chempionatida eng ko‘p uchrashuvni boshqargan hakam o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov hisoblanadi.

Shu tariqa Tantashev Ermatovdan so‘ng mundialda faoliyat olib boradigan ikkinchi o‘zbekistonlik referiga aylanadi. mazkur musobaqada Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoa guruh bosqichi uchrashuvlarini Meksika hamda AQSH maydonlarida o‘tkazishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, “oq bo‘rilar” ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Kannavaro jamoasi oxirgi turda Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 23:16, 09.04.2026.
O'qildi: 1015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик