Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Javohir Sindarov: “Natija emas, o‘yin haqida o‘ylayapman”

Javohir Sindarov: “Natija emas, o‘yin haqida o‘ylayapman”

Baho:
+1 | -

Nomzodlar turniri yetakchisi Javohir Sindarov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaa ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini aytdi.

— “Maqsadga juda yaqinman, lekin oldinda yana ikkita muhim o‘yin bor. Ikkalasi ham qora donalarda. Shuning uchun natija haqida o‘ylamasdan, shunchaki o‘ynashga harakat qilyapman.

Turnirdagi vaziyat albatta bosim beradi. Kecha yutishim kerak bo‘lgan pozisiyani yuta olmadim. Shunda murabbiyim menga: “Agar sen bu unvonga loyiq bo‘lsang, baribir uni olasan. Agar yo‘q bo‘lsa, demak yanada ko‘proq ishlaymiz. Shuning uchun natija haqida emas, o‘yin haqida o‘yla” deb aytdi”.

Partiya haqida:

— “Rostini aytsam, bir payt tayyorgarligimni unutib qo‘ydim va kerakli yurishni emas, boshqa yurishni tez qilib yubordim. Bu xato edi. Lekin keyin o‘zimni yig‘ib oldim va vaziyatdan chiqib ketdim. Bir oz vaqt ketdi, lekin o‘yinni yana nazoratga oldim. Omad ham yordam berdi”.

U turnir oldi rejalarini ham eslab o‘tdi:

— “Turnir oldidan +1 natija ham yaxshi bo‘ladi, degan edim. Agar shunday bo‘lganida, men shunchaki xotirjam o‘ynardim. Hozir esa vaziyat butunlay boshqacha. Hozir har bir partiya juda og‘ir o‘tyapti. Bosim katta.

Kecha ham qiyin kun bo‘ldi — hatto partiyadan oldin durangga ham rozi edim. Lekin keyin yaxshi pozisiya olib ham yuta olmaganimdan xafa bo‘ldim”.

Rekord haqida:

— “Bu haqida umuman o‘ylamayapman. Turnir hali tugamagan, hozir eng muhimi keyingi partiyaga tayyorlanish.

Endi dam olish kunida tiklanib, ayniqsa qora donalarda bo‘ladigan o‘yinlarga yaxshilab tayyorlanishim kerak”.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 01:48, 10.04.2026.
O'qildi: 1605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик