Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Ter Shtegen jahon chempionatini o‘tkazib yuborish ehtimoli haqida fikr bildirdi

Ter Shtegen jahon chempionatini o‘tkazib yuborish ehtimoli haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» darvozaboni, hozirda ijara asosida «Jirona» sharafini himoya qilayotgan Mark-Andre ter Shtegen o‘zining jarohati borasidagi savolga javob berdi.

33 yoshli germaniyalik posbon tizza osti paylari jarohati sababli yanvar oyi oxiridan beri maydonga tushmayapti.

«Men maydonga qaytishni tezlashtirmayman, chunki eng muhimi — salomatlik, garchi Jahon chempionatiga borishni juda istayotgan bo‘lsam-da. Bu yerda ko‘plab omillar bor va men qabul qilinadigan har qanday qarorni hurmat qilaman. Hozirda mutlaqo xotirjamman va o‘zimni yaxshi his qilyapman. Mavsum yakunida voqealar rivoji qanday bo‘lishini ko‘ramiz. JCH-2026 uchun terma jamoa tarkibiga kirish qiyin bo‘lishini bilaman», — deya ter Shtegenning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Taxminlarga ko‘ra, darvozabon shu oyning o‘zidayoq safga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 10:44, 10.04.2026.
O'qildi: 386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик