Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Saloh Robertsonga murojaat qildi

Saloh Robertsonga murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 9 aprel, payshanba kuni mavsum yakunida klubdan ketishini e’lon qilgan himoyachi Endryu Robertson bilan tushgan bir nechta suratlarini joylashtirdi. Avvalroq Salohning o‘zi ham yozda mersisaydliklar safini tark etishi haqida xabar bergan edi.

«Bizning mustahkam aloqamizni ifodalovchi ushbu suratlar sening ketishing haqida hech narsa demasligimga deyarli ko‘ndirgan edi. Sen bilan bir jamoada to‘p tepish va do‘st bo‘lish men uchun sharaf bo‘ldi. Sen hamma narsada g‘olib chiqding va klubni afsona sifatida tark etmoqdasan. Ishonchim komil, biz hali yana ko‘rishamiz», — deb yozdi Saloh o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shotlandiyalik futbolchi 2017 yildan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida Robertson barcha musobaqalarda 373 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 69 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 20:21, 10.04.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик