Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Mbappe va Vinisius muammosi bormi? Alvaro Arbeloa jurnalistlarga javob berdi

Mbappe va Vinisius muammosi bormi? Alvaro Arbeloa jurnalistlarga javob berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Juma kuni «qaymoqranglilar» La Liganing o‘z uyidagi bahsida «Jirona»ni mag‘lub eta olmadi (1:1). Fransiyalik va braziliyalik futbolchilar hujumda juftlik hosil qilishdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olishmadi. Jurnalistlar Arbeloadan yulduzli hujumchilarning maydonda birga harakat qilishida yuzaga kelayotgan muammolardan xavotirda emasmi yoki yo‘qligini so‘rashdi.

«Mbappe va Vinisius shunday sermahsullik ko‘rsatib turgan bir paytda, qanday qilib ularning o‘yinidan xavotir olishim mumkin? Ikkalasi ham dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiradi. Men xotirjamman», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

«Real»ning «Jirona» darvozasiga kiritgan yagona goliga Federiko Valverde mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:53, 11.04.2026.
O'qildi: 855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик