Jurnalist Igor Siganik Ukraina terma jamoasining JCH–2026 ga chiqa olmaganidan so‘ng, bosh murabbiyning ehtimoliy o‘zgarishi haqida fikr bildirdi.
«Mening tushunishimcha, Rebrov bosh murabbiy sifatida qolmaydi. Hozirda jamoani kim boshqarishi masalasi hal qilinmoqda. Familiyasimi? Bu — Markevich, u jamoani qabul qilib olishi kerak», — dedi jurnalist o‘zining YouTube-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasi JCH–2026 yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yinlariga qadar yetib kelgan edi. Yarim final bahsida Sergey Rebrov shogirdlari Shvesiya milliy jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Mundial shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi.













