Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

«PSJ» yulduzlarining jarohati: Due va Mendeshning holati ma’lum bo‘ldi

«PSJ» yulduzlarining jarohati: Due va Mendeshning holati ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni «PSJ» safarda «Liverpul»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin davomida parijliklar ustozi Luis Enrike ikkita majburiy o‘zgarishni amalga oshirdi — Nunu Mendesh va Dezire Due maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, chorshanba kuni Mendesh va Due tibbiy ko‘rikdan o‘tishgan. Duening tizza sohasida lat yeyish aniqlangan. Hujumchining holati xavotirga o‘rin qoldirmaydi, bu esa muxlislarni xursand qilishi tabiiy.

Nunu Mendeshga keladigan bo‘lsak, Enrike yaqin oradagi o‘yinlarda uning jismoniy yuklamalarini nazorat qilib boradi (kamroq o‘yin vaqti beradi). Portugaliyalik himoyachi sonining orqa mushagida noqulaylik sezgan.

«PSJ» o‘zining navbatdagi uchrashuvini 19 aprel kuni Fransiya chempionati doirasida o‘z maydonida «Lion»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:05, 15.04.2026.
O'qildi: 275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик