Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Martinelli: «Hamma baxtli»

Martinelli: «Hamma baxtli»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi va bu ketma-ket ikkinchi yil sodir bo‘lmoqda. Londonliklarning braziliyalik hujumchisi Gabriel Martinelli ushbu muvaffaqiyat borasidagi tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hamma juda hayajonda va biz baxtlimiz. Ketma-ket ikki marta Chempionlar Ligasi yarim finalidamiz. Biz bunga loyiq edik va juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Endi yakshanba kuni ham ijobiy natijaga erishishni istaymiz.

Raqib g‘alaba qozonishga harakat qildi. Biz gol ura olmadik, lekin gol ham o‘tkazib yubormadik. Oldinga qarab intilishda davom etamiz», — deya Martinellining so‘zlarini BBC Sport nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» o‘z tarixida faqat bir marta — 2006 yilda Chempionlar Ligasi finaligacha yetib borgan. Endi Mikel Arteta shogirdlari yarim finalda Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 04:54, 16.04.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик