Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 2-0 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

«Liverpul» himoya chizig‘ini argentinalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

«Liverpul» himoya chizig‘ini argentinalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi «Bornmut» va Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Markos Senesini sotib olish uchun asosiy da’vogarga aylandi. Bu haqda inews nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted» va «Chelsi»ni ortda qoldirishgan. «Qizil iblislar» va «ko‘klar» Senesining transferi bo‘yicha taklif berishni rejalashtirishmayapti.

Joriy mavsumda «Bornmut» himoyachisi barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Markos Senesi Argentina terma jamoasi safida shu kungacha uchta uchrashuv o‘tkazgan.

Kiritildi: 13:53, 17.04.2026.
O'qildi: 942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик