Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» prezidenti Arbeloa bilan uchrashganidan yakuniy qaror chiqaradi

«Real» prezidenti Arbeloa bilan uchrashganidan yakuniy qaror chiqaradi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning klubdagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Joriy mavsumda sovrinlar yo‘qligiga qaramay, rahbariyat hali uning taqdiri bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. Bu haqda jurnalist Xosep Pedrerol El Chiringuito efirida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, yaqin kunlarda Alvaro Arbeloa va Florentino Peres o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda mavsum davomidagi barcha jarayonlar tahlil qilinib, tegishli xulosalar chiqariladi.

«Arbeloa lavozimidan chetlatilmagan. Florentino murabbiy bilan gaplashadi, har ikkisi xulosa qiladi. Klub jamoa ichidagi muhit murabbiy nazoratida ekanini biladi va uning ishini qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi Xosep Pedrerol.

Eslatib o‘tamiz, joriy haftada «Real Madrid» Chempionlar ligasini chorak final bosqichida tark etdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:43, 18.04.2026.
O'qildi: 1397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик