Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Fyullkrug faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin

Fyullkrug faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrugning transferini to‘liq sotib olmaslikka qaror qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining «Milan»dagi ijara muddati kutilgan natijani bermadi. Fyullkrug jamoa safida atigi bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi xolos. Shu sababli, hujumchi yozda o‘zining haqiqiy klubi — Angliyaning «Vest Xem» jamoasiga qaytishi kutilmoqda.

Biroq, futbolchining Angliyadagi faoliyati uzoq davom etmasligi mumkin. Ayni paytda Germaniyaning «Volfsburg» klubi Fyullkrugga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozirda Bundesligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan «bo‘rilar» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida tajribali hujumchini o‘z saflariga qo‘shib olmoqchi.

Ta’kidlash joizki, Germaniya chempionati Fyullkrug uchun yaxshi tanish bo‘lgan musobaqa hisoblanadi. U ilgari «Borussiya Dortmund» va «Verder Bremen» klublari safida muvaffaqiyatli to‘p surgan.

Kiritildi: 17:07, 20.04.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик