Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Bavariya» YECHLdagi g‘alaba uchun Kompaniga maxsus bonus va’da qildi

«Bavariya» YECHLdagi g‘alaba uchun Kompaniga maxsus bonus va’da qildi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani agar jamoani Chempionlar ligasi g‘olibligiga boshlab kelsa, yirik miqdorda mukofot puli oladi.

Sport Bild nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar rahbariyati belgiyalik mutaxassisga nufuzli yevrokubokdagi zafar uchun 1 million yevro bonus va’da qilgan. Mazkur band Kompanining 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomasida ko‘zda tutilgan. Qayd etish lozimki, tomonlar ushbu kelishuvni o‘tgan yilning kuzida imzolagan edi.

Vensan Kompani 2024 yilning yozidan buyon Germaniya grandini boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida «Bavariya» yaqindagina Bundesliga chempionligini muddatidan oldin naqd qildi.

Endilikda nemis klubini YECHL yarimfinalida amaldagi chempion — "PSJ"ga qarshi jiddiy imtihon kutmoqda. Jamoalar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahslar 28 aprel va 6 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:01, 22.04.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик