Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kamavinga «Alaves» bilan o‘yindan so‘ng «Real» muxlislaridan uzr so‘radi

Kamavinga «Alaves» bilan o‘yindan so‘ng «Real» muxlislaridan uzr so‘radi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga La Liga doirasidagi «Alaves»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng stadionga yig‘ilgan muxlislardan uzr so‘radi. Bu haqda Le Journal du Real nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushayotgan vaqtda madridlik ishqibozlar uni hushtaklar bilan kutib olishgan. Muxlislarning bunday munosabatiga Kamavinganing Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Myunxenda «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsdagi qo‘pol xatosi sabab bo‘lgan. O‘sha o‘yinda yarim himoyachining chetlatilishidan so‘ng «qirollik klubi» ikkita gol o‘tkazib yuborib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Seshanba kungi uchrashuv yakunlangach, Kamavinga bevosita tribunalar oldiga borib, muxlislardan shaxsan uzr so‘ragan. Avvalroq futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham jamoadoshlari va ishqibozlarga murojaat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘z maydonida «Alaves»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. «Qaymoqranglilar» tarkibida gollarga Kilian Mbappe va Vinisius Junior mualliflik qilishdi. Bu g‘alabadan so‘ng Madrid klubi La Ligadagi peshqadam «Barselona»ni ta’qib qilishda davom etmoqda.

Kiritildi: 12:08, 22.04.2026.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик