«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani «Manchester Siti»da Xosep Gvardiolaning o‘rinbosariga aylanishi mumkin.
Myunxen klubi joriy mavsum davomida belgiyalik mutaxassis bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirgan bo‘lsa-da, «shaharliklar» rahbariyati uni hamon Gvardiola o‘rnini bosa oladigan asosiy nomzod deb hisoblamoqda.
Germaniya OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, agar Kompani joriy mavsumda «Bavariya» bilan «trebl» qayd etsa, «Manchester Siti» unga «yangi chaqiruv» taklif qilishi mumkin. Bunday holatda ingliz grandi o‘z sobiq sardorini ortga qaytarishga urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Biroq so‘nggi vaqtlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis shu yozdayoq lavozimini tark etishga tayyor.













