Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Vinisius Junior «Real» kiyinish xonasida bo‘linish keltirib chiqarganlikda ayblanmoqda

Vinisius Junior «Real» kiyinish xonasida bo‘linish keltirib chiqarganlikda ayblanmoqda

Baho:
+ | -

El Chiringuito TV jurnalisti Xuanfre Sans Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Juniorni jamoa ichida nosog‘lom muhit yaratganlikda aybladi va klub rahbariyatini braziliyalik futbolchini sotib yuborishga chaqirdi.

La Liganing 33-turi doirasida «Alaves»ga qarshi kechgan bahsda (2:1) «Santyago Bernabeu» muxlislari o‘yin boshida Vinisius va Kilian Mbappeni hushtakbozlik bilan kutib olishdi. Vinisius uchrashuvda gol kiritgach, muxlislardan uzr so‘rab, klub emblemasini o‘pgan bo‘lsa-da, ekspert buni yetarli emas deb hisoblamoqda.

«Men «Real» uchun eng yaxshi yechim — ushbu futbolchini sotish ekaniga qat’iy ishonaman. Chunki Xabi Alonso davridagi «Barselona»ga qarshi o‘yin kuni u kiyinish xonasida ichki bo‘linish keltirib chiqardi, hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi va hech kim uni to‘xtatib qolmadi», — dedi Sans.

Jurnalistning fikricha, futbolchining maydondagi yaxshi o‘yini uning nomaqbul xulq-atvorini yopib kelgan, biroq endi vaziyat o‘zgargan:

«Bugungi xatti-harakati — bu uning xatolarini tan olish usuli, xolos. Lekin menimcha, u barcha imkoniyatlarini tugatib bo‘ldi. Klub uning yaxshi o‘yini uchun yomon xulqiga chidab kelayotgan edi. Ishlar yaxshi yurishganda ba’zi ishlari kechirilardi, ammo natijalar yomonlashganda, uning salbiy tomonlari ustunlik qila boshladi. Omadsiz mavsumlar fonida qat’iy choralar ko‘rish kerak deb hisoblayman».

Kiritildi: 13:36, 22.04.2026.
O'qildi: 1436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик