Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-0 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Jud Bellingem kriket klubi aksiyadoriga aylandi

Jud Bellingem kriket klubi aksiyadoriga aylandi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem «Birmingem Feniks» kriket franshizasining 1 foiz aksiyasini sotib oldi. Bitim qiymati 800 ming funt sterlingga baholanmoqda.

22 yoshli futbolchi ushbu ulushni klubning amaldagi xo‘jayinlari — «Uorvikshir» (51%) va Knighthead Capital (49%) kompaniyalarining har biridan 0,5 foizdan xarid qilgan. Qayd etish joizki, Knighthead Capital kompaniyasi Bellingemning sobiq jamoasi «Birmingem Siti» klubiga ham egalik qiladi.

«Men Birmingemni yaxshi ko‘raman. Bu shahar men uchun qilgan barcha ishlaridan minnatdorman. Shu bilan birga, bolaligimdan kriketga qiziqaman. Ushbu loyihaga qo‘shilish imkoniyati paydo bo‘lganda, ikkilanib o‘tirmadim», — dedi Bellingem.

Ma’lumot uchun, «Birmingem Feniks» klubining umumiy qiymati hozirda 82 million funtni tashkil etadi. Bellingem yoshligida «Xeygli» jamoasi safida kriket bilan shug‘ullangan va ushbu sport turining ashaddiy ishqibozi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:55, 22.04.2026.
O'qildi: 208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик