Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peres Mbappega nisbatan tanqidlardan norozi

Peres Mbappega nisbatan tanqidlardan norozi

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida «Real» hujumchisi Kilian Mbappe manziliga tanqidiy fikrlar bildirilmoqda.

Marca nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres OAV fransuz forvardini tanqid qilayotganidan hayratda. Uning asosiy vaji shundan iboratki, Kilian yuqori mahsuldorlik namoyish etmoqda, shu sababli uni tanqid qilish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda fransuz futbolchisi madridliklar safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:34, 22.04.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик