Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

MLS. De Paul va Suaresning gollari «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi

MLS. De Paul va Suaresning gollari «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasida «Real Solt-Leyk» jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Sendi shahridagi «Amerika Ferst Fild» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim boshida VAR tizimi mezbonlar tomonidan kiritilgan golni bekor qildi. O‘yinning 82-daqiqasiga kelib, yarim himoyachi Rodrigo De Paul hisobni ochdi, oradan bir daqiqa o‘tib esa hujumchi Luis Suares «flamingolar»ning ustunligini mustahkamladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Inter Mayami» 9 o‘yinda 18 ochko jamg‘arib, Sharqiy konferensiyada 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Real Solt-Leyk» esa 8 o‘yindan keyin 16 ochko bilan G‘arbiy konferensiyada 6-pog‘onani egallab turibdi.

«REAL SOLT-LEYK» — «INTER MAYAMI» — 0:2

Gollar: Rodrigo de Paul 82 (0:1), Luis Suares 83 (0:2).

«Real Solt-Leyk»: Rafael Kabral, Sem Junkva, Jasten Gled, Deandre Yedlin, Katranis (Xuan Manuel Sanabriya, 61), Noel Kaliskan, Spirings (Ayden Xezarxani, 85), Zavye Gozo, Gilavogi, Serxi Solans (Olatundji, 80), Diyego Luna.

«Inter Mayami»: Sent-Kler, Mikael, Falkon, Luxan, Allen (Frey, 71), Segoviya, de Paul, Fakundo Mura, Berterame, Lionel Messi, Alyende (Luis Suares, 75).

Ogohlantirishlar: Yedlin (43), Spirings (45), Diyego Luna (58) — Allen (42), Mikael (58), Segoviya (65).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:53, 23.04.2026.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик