Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik de Yongning rekordiga munosabat bildirdi

Flik de Yongning rekordiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning yangi natijasiga munosabat bildirdi. 28 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida maydonga tushish bo‘yicha niderlandiyalik legionerlar o‘rtasida mutlaq rekordchiga aylandi va bu borada afsonaviy Filipp Kokuni ortda qoldirdi.

Ayni damda xavbek hisobida "ko‘k-anorranglilar" libosida o‘tkazilgan 293 ta uchrashuv mavjud.

"Frenki o‘z yutug‘idan juda xursand — bu u uchun haqiqatan ham qadrli. Albatta, u ajoyib futbolchi. U maydonga tushgan vaqtda jamoaga qanchalik katta foyda keltira olishini hamma ko‘rdi. U biz uchun muhim ijrochi hisoblanadi", — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda BarcaTimes.

Eslatib o‘tamiz, Frenki de Yong "Barselona" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Kiritildi: 10:40, 23.04.2026.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик