Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga yana bir mashhur nomzod paydo bo‘ldi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga yana bir mashhur nomzod paydo bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Klaudio Ranyeri «Roma» bilan xayrlashganidan so‘ng tez orada yangi ishga kirishishi mumkin. 74 yoshli mutaxassisning Rim klubini tark etgani juma kuni rasman ma’lum bo‘lgan edi.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, Ranyeri Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shildi. «Skuadra Adzurra» ustozi kursisi shu oy boshida Djennaro Gattuzo iste’foga chiqqanidan beri bo‘sh qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar Jahon chempionatiga saralashning o‘tish o‘yini finalida Bosniya va Gersegovinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishgan edi.

Klaudio Ranyeri o‘tgan yilning yozidan beri «Roma»da boshqaruv kengashi maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi. Bungacha u «bo‘rilar»ga murabbiylik qilgan va shundan so‘ng murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 07:15, 25.04.2026.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик