Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Keyn Levandovskining rekordini yangilashi qiyin bo‘ladi

Keyn Levandovskining rekordini yangilashi qiyin bo‘ladi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Germaniya Bundesligasida sermahsullik namoyish etishda davom etmoqda. 31-tur doirasida kechgan «Mayns»ga qarshi bahsda (4:3) ingliz forvardi o‘z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo‘ydi.

Bu Keyn uchun joriy mavsum Bundesligadagi 33-gol bo‘ldi. Endilikda futbol ishqibozlarini bir savol qiziqtirmoqda: Harri Keyn Robert Levandovskiga tegishli bo‘lgan tarixiy rekordni yangilay oladimi?

Ma’lumot uchun, Germaniya chempionatida bir mavsumda gol urish bo‘yicha mutlaq rekord «Bavariya»ning sobiq hujumchisi Robert Levandovskiga tegishli bo‘lib, u 2020/21 yilgi mavsumda raqiblar darvozasini 41 bor ishg‘ol etgan edi. Joriy mavsum yakuniga qadar «Bavariya» yana 3 ta uchrashuv o‘tkazadi. Demak, Keyn rekordni yangilashi uchun qolgan bahslarda kamida 9 ta gol urishi talab etiladi.

Kiritildi: 23:12, 25.04.2026.
O'qildi: 1088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик