Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Peti: «Safonovning o‘rnini bosishga tayyor bo‘lishi uchun Shevalyega imkoniyat berish kerak»

Peti: «Safonovning o‘rnini bosishga tayyor bo‘lishi uchun Shevalyega imkoniyat berish kerak»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Petining fikricha, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Lyuka Shevalyening sport formasini saqlab turishi uchun unga o‘yin amaliyoti berishi lozim.

Bundan avvalroq rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ketma-ket 18-marta «PSJ» asosiy tarkibida maydonga tushgan edi.

Parijliklar ustozi Enrike avvalroq shunday degandi:

«Futbol aql bovar qilmas o‘yin. Siz mavsumning birinchi yarmida Shevalyeni doim tanqid qildingiz, men esa uni himoya qildim. Endi esa savol tug‘ilyapti: u qachon o‘ynaydi? Bu yuqori darajadagi futbol».

Peti esa RMC telekanalidagi Rothen S’enflamme ko‘rsatuvida vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi:

«Luis Enrike bizni chalg‘ityapti. U ham xuddi biz kabi o‘ylayapti, lekin yakunda Shevalye maydonga tushmayapti, zaxirada o‘tiribdi. Menimcha, qaysidir pallada unga yana bir bor imkoniyat berish kerak.

Darvozabon uchun ruhiy tetiklik va konsentrasiya juda muhim. Tasavvur qiling, agar «Bavariya»ga qarshi o‘yinda Safonov jarohat olsa, nima qilamiz? Shevalye ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi shart, bu juda muhim».

Kiritildi: 15:38, 26.04.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик