Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Bavariya» Devisni sotishi mumkin bo‘lgan shartni ma’lum qildi

«Bavariya» Devisni sotishi mumkin bo‘lgan shartni ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Bavariya» chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni sotish variantini ko‘rib chiqmayapti va OAVdagi xabarlarga qaramay, uni transferga qo‘ymagan. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Kerri Xau xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi kanadalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarga faqat favqulodda taklif olsagina ochiq bo‘lishi mumkin. Devisning o‘zi ham «Bavariya»ni tark etishga intilmayapti. Ta’kidlanishicha, 25 yoshli himoyachi mavsumiga qariyb 20 million yevro maosh bilan jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq jurnalist Kristian Falk Devisga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi.

Joriy mavsumda Devis barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:48, 26.04.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик