Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano: "Real" Mourinyoning istagi haqidagi ma’lumotni bilib oldi

Romano: "Real" Mourinyoning istagi haqidagi ma’lumotni bilib oldi

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda Joze Mourinyo nomi «Real Madrid» bosh murabbiyligiga qaytish bilan bog‘lanmoqda. Nufuzli insayder Fabrisio Romano o‘zining yangi dasturida ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Real» rahbariyati Mourinyuning klubga qaytish istagidan allaqachon xabar topgan. «The Special One» «qaymoqranglilar» boshqaruvida ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lishni istamoqda. Tez orada Madrid klubida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Hozirda jamoa bilan Alvaro Arbeloa ishlamoqda. Mavsum yakunlangach, u lavozimini tark etishi kutilmoqda, chunki «Real» katta ehtimol bilan bu yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu 2010–2013 yillarda «Real»da faoliyat yuritgan. Hozirda portugaliyalik mutaxassis «Benfika» klubini boshqarmoqda.

Kiritildi: 16:03, 26.04.2026.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик