Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Kamavinga «Real»ni tark etishni istamayapti

Kamavinga «Real»ni tark etishni istamayapti

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga Madrid klubini tark etish niyatida emas va asosiy tarkib uchun kurashni davom ettirmoqchi.

«Kamavinga “Real”dan ketishni rejalashtirmayapti. U klubdagi vaziyatini o‘zgartirishni xohlamoqda», — deb yozadi Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya OAVlarida «Real» rahbariyati Eduardu Kamavinganing o‘yinlaridan, ayniqsa Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvida «Bavariya»ga qarshi bahsdan norozi ekani va uni yozda sotish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Bavariya»ga qarshi o‘yinda Kamavinga 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Fransiyalik futbolchi 78 va 86-daqiqalarda sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan. Shundan so‘ng 10 kishi bo‘lib qolgan «Real» ikki gol o‘tkazib yuborgan va 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 20:20, 26.04.2026.
O'qildi: 1042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик