Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» televideniyesi «Betis» bilan o‘yindagi penalti vaziyatini 245 marta namoyish etdi

«Real» televideniyesi «Betis» bilan o‘yindagi penalti vaziyatini 245 marta namoyish etdi

Baho:
+ | -9

«Real Madrid» klub televideniyesi «Betis»ga qarshi o‘yindagi bahsli vaziyatni ko‘p marotaba namoyish etdi.

Jamoalar La Liganing 32-turida durang (1:1) o‘ynashdi. Uchrashuv bosh hakami Sesar Soto Grado edi. O‘yinning 23-daqiqasida Braim Diasning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p jarima maydonchasi ichida himoyachi Rikardo Rodrigesning qo‘liga tegdi. Referi bu yerda qoida buzilishini ko‘rmadi, VAR esa vaziyatga aralashmadi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, madridliklar kanalidagi Hoy Jugamos ko‘rsatuvida ushbu epizod 245 marta ko‘rsatilgan. Boshlovchilar hakamlarning Rodrigesning harakati uchun penalti belgilamaganini keskin tanqid qilishdi.

Kiritildi: 16:08, 27.04.2026.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик