Yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionati doirasidagi «Yuventus»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi va maydonni tark etdi. Avvalroq, yuz suyagining ikki joyidan sinishi tufayli «Milan» futbolchisi klubdagi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.
Shu bilan birga, Xorvatiyadagi manbalar va jurnalist Fabrisio Romano Modrichning Jahon chempionatiga qadar safga qaytishini ta’kidlamoqdalar.
Luka Modrich hozir 40 yoshda. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. «Rossoneri» ayni damda A Seriya jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Xorvatiya terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya, Panama va Gana terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













