Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Dalich Luka Modrichni qo‘llab-quvvatladi

Dalich Luka Modrichni qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi murabbiyi Luka Modrichning muvaffaqiyatli operasiya qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi A Seriya 34-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi o‘yinda (0:0) chap yonoq suyagi sinishi jarohatini olgan edi. Terma jamoa tibbiy shtabi zudlik bilan Milan klubi tibbiyot departamenti, futbolchining o‘zi va klub murabbiylar shtabi bilan doimiy aloqa o‘rnatdi.

«Men Luka bilan gaplashdim va unga operasiya muvaffaqiyatli o‘tishini, shuningdek, tezroq sog‘ayib ketishini tiladim. Ishonchim komilmi, u Jahon chempionatiga tayyor bo‘lish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi va biz uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Tiklanish jarayoni rejadagidek o‘tishiga va Luka jamoa sardori sifatida shu yozda navbatdagi yirik turnirda bizni o‘z ortidan boshlashiga ishonaman», — deya bosh murabbiy Zlatko Dalichning so‘zlarini keltirmoqda Xorvatiya terma jamoasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi.

Xorvatiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida «L» guruhida Angliya, Gana va Panama terma jamoalari bilan kurash olib boradi. Turnir 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:42, 28.04.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик