Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Arsenal» «Real» hujumchisini kuzatmoqda

«Arsenal» «Real» hujumchisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Endrik va uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, agar «qaymoqranglilar» rahbariyati braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor bo‘lsa, londonliklar uni shu yozdayoq sotib olishga harakat qilishadi.

Joriy mavsumda 19 yoshli braziliyalik ijara asosida «Lion» klubida to‘p tepmoqda. U ushbu klub safida barcha turnirlarda 18 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi.

Transfermarkt «kanonirlar»ning ehtimoliy yangi a’zosini 35 million yevroga baholamoqda, uning «Real» bilan shartnomasi esa yana to‘rt yil davom etadi. Ta’kidlash joizki, «Real» va «Lion» o‘rtasidagi ijara shartnomasida futbolchini sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.

Kiritildi: 20:44, 28.04.2026.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик