Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Arsenal» ustozi «Atletiko»ga qarshi o‘yinda nimalar yoqmaganini ochiqladi

«Arsenal» ustozi «Atletiko»ga qarshi o‘yinda nimalar yoqmaganini ochiqladi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi 1/2 finali doirasidagi «Atletiko Madrid»ga qarshi ilk uchrashuv (1:1) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Madridda kechgan bahsda har ikki gol penaltidan kiritildi: 44-daqiqada Viktor Dyokeresh «kanonirlar»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 56-daqiqada Xulian Alvares muvozanatni tikladi.

«O‘yinimizda ijobiy jihatlar ko‘p bo‘ldi. Biz ko‘p yillardan beri o‘z maydonida ajoyib o‘yin ko‘rsatib kelayotgan jamoaga qarshi to‘p surdik, shu bois bizni nimalar kutayotganini bilardik. Bu yerda ba’zan chidashga majbur bo‘lasan. Ko‘plab yaxshi vaziyatlarni ko‘rdim, lekin gohida qiynalishimizga to‘g‘ri keldi.

Ikkinchi bo‘lim boshidagi o‘yinimiz menga yoqmadi — nazoratni yo‘qotib qo‘ydik. So‘nggi 15 daqiqada esa hammasi ancha yaxshi ko‘rindi. Biz Chempionlar ligasi yarimfinalidamiz va holatimiz yomon emas. Oldinda o‘z uyimizdagi javob bahsi kutib turibdi. Hammasi o‘z qo‘limizda», — deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda Movistar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlik o‘rtasidagi finalchi nomi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 12:01, 30.04.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик