Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Mbappe Sardiniyaga yo‘l oldi

Mbappe Sardiniyaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, Madridning «Real» klubi ichida Kilian Mbappega nisbatan norozilik kayfiyati tobora kuchayib bormoqda. Ispaniya klubi uchun ushbu mavsum ko‘ngildagidek kechmayapti. Mbappe esa jarohat olgach, uni tezroq davolash va mavsumning eng mas’uliyatli pallasida, xususan, «el-klasiko» oldidan jamoadoshlari bilan ma’nan birga bo‘lish o‘rniga, barchasiga «qo‘l siltadi» va qaylig‘i bilan Sardiniyaga dam olishga yo‘l oldi.

Mbappe o‘zining seviklisi Ester Espozito hamrohligida Parijdan Sardiniyaning bosh shahri Kalyariga uchib ketayotganida ko‘rinish bergan. derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, futbolchiga nisbatan e’tirozlarning asosiy sababi aynan shu. Shubhasiz, agar «Real» g‘alaba qozonayotgan bo‘lganida, bunday xulq-atvorga ko‘z yumish mumkin edi. Ammo jamoada kuchli bosim va keskinlik hukm surayotgan hozirgi sharoitda emas.

Kiritildi: 02:24, 03.05.2026.
O'qildi: 1236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик