Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Nyukasl» «Milan» tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirmoqda

«Nyukasl» «Milan» tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Angliyaning «Nyukasl» klubi «Milan»ning chap qanot himoyachisi Davide Bartezagini sotib olishdan manfaatdor. Insayder Matteo Moretto bergan xabarga ko‘ra, ingliz jamoasi skautlari futbolchining o‘yinini o‘rganish va uning rivojlanishini kuzatish uchun Milanga tashrif buyurishgan.

20 yoshli klub tarbiyalanuvchisining Italiya jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, «Milan» Bartezagi bilan kelishuvni 2031 yilgacha uzaytirishni va uning maoshini oshirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda futbolchi yiliga taxminan 500-600 ming yevro maosh olmoqda. Yangi shartnomaga ko‘ra, uning maoshi 1,5 million yevrogacha ko‘tariladi. Joriy mavsumda Italiya yoshlar terma jamoasi a’zosi barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:12, 03.05.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик