Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Real»ning ispaniyalik futbolchilari Arbeloaning o‘yinchilarga nisbatan teng bo‘lmagan munosabatidan norozi

«Real»ning ispaniyalik futbolchilari Arbeloaning o‘yinchilarga nisbatan teng bo‘lmagan munosabatidan norozi

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning ispaniyalik futbolchilari Alvaro Arbeloaning jamoa yulduzlariga haddan tashqari mehribonlik ko‘rsatayotganidan norozi bo‘lishmoqda.

El Mundo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar kiyinish xonasining ispaniyalik a’zolari, jumladan, Dani Karvaxal, Din Xyoysen, Raul Asensio, Dani Sebalyos, Gonsalo Garsiya, Alvaro Karreras va Fran Garsiya, Arbeloa matbuot bilan muloqotda faqat yulduzlarni maqtashni afzal ko‘rib, mahalliy o‘yinchilarni e’tibordan chetda qoldirmoqda deb hisoblashadi.

Ta’kidlanishicha, murabbiy himoyachi Karrerasning ishga bo‘lgan munosabatidan qoniqmagani sababli uni bir necha bor qaydnomadan chiqarib tashlagan.

Shuningdek, ba’zi futbolchilar Arbeloani yoshlarga haddan tashqari ishonib yuborishda ayblamoqda. Bu esa OAVda ba’zi yetakchi futbolchilar, xususan, Eduardo Kamavinganing jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi. Oxirgi bir necha hafta davomida jamoada keskin muhit hukm surmoqda, ba’zi o‘yinchilar o‘rtasida esa nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyatlar va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Kiritildi: 17:48, 03.05.2026.
O'qildi: 1042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик